Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yana bir direktor o‘rinbosari tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-noyabrdagi PQ-4873-son qarori bilan Xaydarov Tal’atjon Soliyevich Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
T. Xaydarov 1980-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Tayinlovga qadar, T. Xaydarov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter