Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid dastlabki takliflar ko‘rib chiqiladi

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid dastlabki takliflar ko‘rib chiqiladi

Ertaga, 26-may kuni Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.

Yig‘ilishda komissiya ishini samarali tashkil etishga qaratilgan masalalar muhokama qilinadi hamda aholidan kelib tushayotgan takliflarni qabul qilish, umumlashtirish, javob qaytarish tartibi tasdiqlanadi.

Shu kunga qadar komissiyaga kelib tushgan dastlabki taklif va mulohazalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy komissiya Matbuot xizmati tarkibini tasdiqlash, jarayonlarni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish rejasi ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilish yakunlari yuzasidan brifing o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgandi. Unga rais etib tasdiqlangan Akmal Saidov «Konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribgani»ni qayd etgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring