Karlikka olib keluvchi omillar ma’lum bo‘ldi

Tungi klub, bar, kinoteatr, futbol maydoni va fitnes-markazlarida baland tovushda musiqa tinglash darajasining ortib borishi shifokorlarni xavotirga solmoqda. Hozirda dunyo bo‘yicha qariyb 1 milliarddan ziyod yoshlarga kar bo‘lib qolish xavfi daxl qilmoqda, deyiladi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlarida. Bu haqda Jahon eshitish kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tilgan.
«Tungi klub, diskoteka, bar, kinoteatr, konsert zali, futbol maydoni va hatto fitnes-markazlari kabi madaniy-ko‘ngilochar hamda sport muassasalarida shovqin darajasining ortib borishi tibbiyot xodimlarini qattiq tashvishga solmoqda. Muntazam baland tovushlar ta’siri eshitish qobiliyatining tiklanmas o‘zgarishiga jiddiy tahdid soladi. JSST hisob-kitobiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,1 milliard yoshlar xavfsiz eshitish amaliyoti tufayli kar bo‘lib qolishi mumkin», — deb yozadi «RIA Novosti».
JSST ma’lumotida bugun karlik va eshitish buzilishidan taxminan 466 million kishi aziyat chekayotgani keltirilgan, ulardan 40 millionini bolalar tashkil etadi. Taxminlarga ko‘ra, 2050-yilga borib eshitib qobiliyati buzilishidan qiynalayotganlar soni 900 millionga yetadi.
«Irsiy buzilishlar, surunkali quloq infeksiyalari, qizilcha, qizamiq, tepki, meningit kabi qator kasalliklar, shuningdek, ayrim dori preparatlari va atrof-muhitning zararli ta’siri, birinchi galda, shovqin-suron karlikning asosiy sababi hisoblanadi», — deyiladi manbalarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter