Kaltaklangan shifokorni vazirning shaxsan o‘zi borib ko‘rdi
Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi 6-podstansiyaning tez tibbiy yordam shifokori Jahongir Xo‘jayev tajovuzga uchrab, kaltaklangan edi. Shifokorni bemorning qarindoshlari haqoratlab, jarohat yetkazgandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 7-klinik shifoxonada davolanayotgan Jahongir Xo‘jayev holidan xabar oldi. Respublikaning yetakchi mutaxassislari bilan konsilium o‘tkazib, J.Xo‘jayevning sog‘ayib ketishi uchun lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Shu kunning o‘zida J.Xo‘jayevga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida 7-klinik shifoxonadan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga davolanish uchun ko‘chirildi.
Vazir, shuningdek, tibbiyot xodimlariga nisbatan sodir etilayotgan har bir noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlikni kuchaytirish barobarida uni nazoratga olish kerakligi bo‘yicha bugun 2-oktyabr kuni Bosh prokuraturaga murojaat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter