Shifokor ayolga hamla qilgan prokuror yordamchisi emas, talaba bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «tuman prokurori yordamchisi shifokor ayolga stul otdi» sarlavhasi ostida video tarqalgan.
Bosh prokuratura mazkur videoxabarda ko‘rsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini ma’lum qildi.
«O‘rganishda, videoxabarda qayd qilingan shaxs oliy ta’lim muassasasi talabasi ekanligi aniqlandi.
Oliy ta’lim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Toshkentda bemorga jinsiy tegajoqlik qilganlikda gumonlangan «Tez yordam» xodimi hibsga olingani xabar qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter