Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda chorak bahosini qo‘ymagan o‘qituvchi kaltaklandi

Toshkentda chorak bahosini qo‘ymagan o‘qituvchi kaltaklandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi 213-maktabning informatika fani o‘qituvchisi kaltaklandi.

Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu holat joriy yilning 3 noyabr kuni taxminan soat 9.15 larda, ya’ni tanaffus vaqtida maktab binosining 2-qavatida sodir bo‘lgan.

Shu maktabni 2021 yil tamomlagan, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi 2004 yilda tug‘ilgan T. M. hamda uning do‘sti, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi, 2004 yilda tug‘ilgan G‘.B. maktabning informatika o‘qituvchisi bilan gap talashib, o‘qituvchiga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketishgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaro T. M. 213-maktabning 9-sinf o‘quvchisi T. Mning akasi ekanligi aniqlangan.

O‘qituvchi S.Axmedov, T.M.ga 1-chorakda informatika fanini yaxshi o‘zlashtirmaganligi sababli chorak baho qo‘ymasligini aytganidan so‘ng,  o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. T.M. ushbu holatni akasi T.M.ga aytgan. T.M. vaziyatga oydinlik kiritish uchun o‘rtog‘i G‘.B. bilan maktabga kelib, o‘qituvchiga tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holatdan xabardor bo‘lgan maktab rahbari S.Irgasheva o‘sha zahotiyoq IIOFMB ga xabar bergan.

Noxush holat bo‘yicha hozirgi kunda Mirobod tumani IIOFMB da surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring