«Nega ayol hamshira kelmadi?» — bemorning o‘g‘li feldsherni kaltakladi
Kecha, 23-yanvar kuni 16:30larda Toshkent tumani TTYB xodimlari (shifokor va feldsher) xizmat vaqtida kelib tushgan chaqiruvga asosan, tuman «Qorabo‘riq» MFYga yetib borganlar.
Xonadonda yiqilib tushib, jarohat olgan bemor (ayol)ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtlarida, ayolning o‘g‘li (1999-y.t. O‘.A.) kirib kelib, nega ayol hamshira kelmadi deb, janjal qilgan.
Shunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajarganlar va zaruratga ko‘ra bemorni shifoxonaga olib borganlar.
Shu vaqtda bemorning o‘g‘li kelib, tushuntirishlarga qaramay janjalni davom ettirgan va feldsher 1993 y.t. U.U. ni qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazgan (tibbiy ekspertiza tayinlangan).
24-yoshli fuqaro O‘.A. IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent tumani IIB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov.
Avvalroq Surxondaryoda shifokor kaltaklangani videosi tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter