Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi boshqa ishga o‘tkazildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov boshqa ishga o‘tdi. Ayni xabarni Oliy sud matbuot xizmati tasdiqladi.
Baxtiyor Jahongirovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlashi kutilmoqda.
B. Islomov 2017-yildan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Undan avval Farg‘ona va Toshkent viloyati sudlarida ham ayni shu lavozimda faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter