Tergovchilar asossiz qo‘ygan ayblovlar uchun javob berishi kerak – Oliy sud raisi
Oliy sud raisi va advokatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda sud tizimidagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Oliy sud raisi, jumladan, tergovchilarning ayblov xulosalarida Jinoyat kodeksi moddalari asossiz qo‘yib tashlanayotganini tanqid qildi.
«Necha yillardan beri bu muammo bor. Tergovga qulayi, ayblovlarni «buket» qilib, shishirib sudga chiqarsada, ana undan keyin sud uning ishini tozalab bersa. O‘zi ham biladi noto‘g‘ri qilayotganini. Oldin qo‘shimcha tergovga qaytarish bor edi. Tergovchi bir nechta moddalarni yo og‘irrog‘ini qo‘yib chiqarardiki, juda bo‘lsa, qayta kvalifikatsiya qilishaveradi deb.
Lekin bugungi kunda ham bu narsa to‘xtagani yo‘q. Hisobotlarda ko‘ryapmiz, qanchadan-qancha odam sudda oqlanyapti, tergovda asossiz qo‘yilgan ayblovlar sudlar tomonidan chiqarib tashlanyapti.
Agar bunday holatlarga sudlar hususiy ajrim orqali o‘z vaqtida munosabat bildirmas ekan, tergov to‘g‘rilanmaydi. Ular sezishi kerak. Ilgari tergovga qaytarilgan ishlar bo‘lsa, tergovchilar jazoga tortilar edi, jazosiz qolmas edi ular...
Bu masalada haqiqatdan ham, xususiy ajrim chiqarish yo‘llari orqali, ularni (tergovni) ozgina bo‘lsada, mas’uliyatini sezadigan darajaga olib chiqishimiz kerak», – deydi Oliy sud raisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter