Oliy sud raisi lavozimiga yangi nomzod taqdim qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini kim egallashi rasman ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari o‘z taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Islomov Baxtiyor Jahongirovichning nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritgan.
Avvalroq Oliy sud raisi Kozimjon Komilov iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Uning nomzodi Prezident taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga taklif etilgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter