Jamol Nosirov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi
Jamol Shuhratovich Nosirov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
U 2020-yil 22-apreldan buyon Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Jamol Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan.
2017-yildan 2020-yilga qadar Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter