Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Nosirov Jamol Shuhratovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
J.Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005-yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008-yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.
Bir muddat «Kamolot» YoIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan. Shundan so‘ng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi.
2017-yilda esa Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter