Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahri hokimi lavozimidan ozod etildi

Buxoro shahri hokimi lavozimidan ozod etildi

Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Botir Zaripov ma’lum qildi.

«...Buxoro shahri Jamol Nosirov rahbarligida rivojlanish yo‘llarini bosib o‘tdi.

Ammo keyingi paytda Jamol Shuhratovich Nosirovning sog‘ligi yomonlashganligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qildi», — dedi Botir Zaripov sessiyada.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Jamol Nosirovni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirgan.

Eslatib o‘tamiz, Jamol Nosirov 2021 yilning may oyida Buxoro shahar hokimi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring