Intellektual mulk departamentiga direktor tayinlandi
Baxrillo G‘aybulloyevich Hasanov Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti direktori etib tayinlandi.
U bungacha Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bahrillo Hasanov avval Adliya vazirligi va Farg‘ona viloyati adliya boshqarmalarida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Intellektual mulk departamentini shu vaqtga qadar Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov boshqarib kelayotgandi. Kanyazov Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga rahbar etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter