Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Imom at-Termiziy» masjidiga yangi imom tayinlandi

«Imom at-Termiziy» masjidiga yangi imom tayinlandi

Yahyo domla Abdurahmonov Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «Imom at-Termiziy» jome masjidiga imom etib tayinlandi.

U shu paytgacha tumandagi «Imom al-Buxoriy» masjidi imomi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shom namoziga mazkur masjidga tashrif buyurib, namozxonlarga yangi imomni tanishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu masjidning avvalgi imomi Is'hoqjon domda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari ortidan ishdan olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring