Ikki kunda salkam 900 ta masala hal bo‘ldi (foto)
Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, davlat xizmatlari markazlari xodimlari oylab yechimini kutib yotgan masalalarni ikki kunda hal qilishdi. Qanday qilib deysizmi? Buning hech qanday sirli joyi yo‘q, shunchaki ishlash, xalqning ichiga kirib borish kerak.
Bunga 24-25-noyabr kunlari manzilli ro‘yxat asosida ommaviy ravishda uyma-uy yurib, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazgan Davlat xizmatlari agentligining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari o‘zlari ham amin bo‘lishdi.
Shu ikki kun ichida 895 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurib olingan imoratlariga bo‘lgan huquqni e’tirof etish haqidagi arizalari joyning o‘zida olindi. Bu hali boshlanishi, davlat xizmatlari targ‘iboti yanada kuchaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter