Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani avvalgidek ish beruvchi to‘laydi

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani avvalgidek ish beruvchi to‘laydi

Foto: «Islam.ru»

2010-yilda belgilangan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni ish beruvchilar hisobidan to‘lash tartibi 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Hujjat «Xalq so‘zi» gazetasida chop etildi va 2018-yil 28-dekabrdan kuchga kirdi.

2010-yilgacha homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanar edi. 2010-yildan buyon respublikada xodimalarga ushbu nafaqalarni ish beruvchining o‘z mablag‘laridan, budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga esa tegishli budjetlar mablag‘lari hisobidan to‘lash tartibi amal qiladi.

Prezidentning 2018-yil 26-dekabrdagi PQ–4086-son qarori bilan ushbu tartibning amal qilishi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, ishlovchi ayolga «dekret puli» vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davri (126 kalendar kun, tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – 140 kun) uchun to‘lanadi, deb xabar berdi  buxgalter.uz sayti.

Nafaqa to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Bunda ushbu miqdor tashkilotda haqiqatda ishlagan vaqtga qarab tabaqalashtiriladi: ishga qabul qilingan kundan boshlab kamida 12 oylik ish stajiga ega bo‘lganda – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, ish staji bir yildan ortiq bo‘lganda 100 foizi to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring