Hokimning haqoratli audiosi tarqalgan tumanning prokurori ham ishdan ketdi
Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgani, unda Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov ishdan olingani haqida xabar berilgandi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, tuman prokurori ham ishdan olingan.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan G‘.Begaliyev Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan.
Bu o‘zgarishlarga Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, ularni jirkanch so‘kinishlar bilan «siylagani», hatto urib-turtgani sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter