Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hashar prokurorlarga ham yarashar

Hashar prokurorlarga ham yarashar

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bugun boshlanib, ertagayam davom etadigan «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharidan prokuratura organlari ham chetda turgani yo‘q. 

Bosh prokuratura xodimlari ertlabdanoq ishga kirishib ketdi: mahkama binosi atrofida kimdir yer chopgan, boshqasining qo‘lida supurgi, yana biri daraxt oqlashga tushgan...

Aslida-ku, bunaqa ishlar bog‘bon yoki farroshlardan ortmaydi. Biroq hashar — milliy qadriyatlarmizning ajramas bo‘lagi. Bunda mehr-oqibat, o‘zgalar taqdiriga daxldorlik kabi tuyg‘ular mujassamki, buni har kim — u kim bo‘lishidan qat’i nazar — tanasida his qilmog‘i kerak.

O‘tkazilayotgan  xayrli tadbir esa insondagi ana shunday tuyg‘ularni yaxshi ma’noda «qitiqlab» qo‘yadiki, hashardan provard maqsad ham shunda. Qolaversa, «xalq prokuraturasi»ga aylanishga astoydil harakat qilayotgan tizim xalq hasharidan chetda qolishi mumkin ham emas-da.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring