Uchtasi birda: xorijda bepul o‘qish, pul mukofoti va rahbarlik lavozimi
«Taraqqiyot» tanloviga arizalar qabuli boshlandi. Tanlov g‘oliblari rivojlangan davlatlarda o‘z sohasi bo‘yicha 3 oylik malaka oshirish kurslarida o‘qish, pul mukofoti bilan taqdirlanishi va eng asosiysi, davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimiga tayinlanishi belgilangan.
Buning uchun, nomzodlar tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi shart.
Tanlov nominatsiyalari:
- Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Sud-huquq sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Moliya-kredit sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Sanoat sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Arxitektura va qurilish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Kommunal xo‘jalik sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Soliq va bojxona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Ta’lim, fan va innovatsiya sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Madaniyat, san’at va sport sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Makroiqtisodiyot va hududiy rivojlanish cohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
- Transport va logistika sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
Arizalar joriy yilning 30 oktyabriga qadar https://taraqqiyot-tanlov.uz/ sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter