Haj va Umra ziyorati uzil-kesil monopoliyaga aylanadimi? Turoperatorlar xavotirda
Turoperatorlar tomonidan Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish masalasida qonunchilikda aniq-tiniq taqiq yo‘qligi anchadan beri aytib kelinadi. Biroq bu ishlar amalda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida ekani ayon.
Qo‘mita va xususiy sektorlar o‘rtasida mazkur masala anchadan buyon bahs-munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda. Va har safar qo‘mitaning qo‘li baland kelayotgani ham sir emas.
Shu paytgacha Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish qayd etilgan organ va tashkilotning norasmiy tasarrufida ekanini shu masalani qonuniylashtirishga bo‘layotgan urinish ham yaqqol tasdiqlaydi. Ya’nikim, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining 15-moddasiga quyidagicha tahrir kiritilmoqdaki, bu Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani Haj va Umra ziyoratini tashkil etish bo‘yicha uzil-kesil monopolistga aylantiradi. Zero, loyihaning ayni moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi ziyorat joylariga borish, shu jumladan «Haj va Umra ibodatlarini amalga oshirish» ishlarini tashkil qilish vakolati Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga berish ko‘zda tutilayotir.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida Umra ziyoratini tashkillashtirish turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi, ba’zi davlatlarda esa bu borada din ishlari qo‘mitalari yoki vakolatli tashkilotlar tomonidan alohida maxsus litsenziyalar ham joriy qilingan, deya yozmoqda turoperatorlardan biri.
Bizda esa bunining aksi. Hozirda mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan. Keyingi muhokamalarda loyhidagi yuqorida moddaning «Haj va Umra ibodatini amalga oshirish» deyilgan joyini olib tashlaninishi maqsadga muvofiqdir, deyiladi turoperatorning murojaatida. Zero, muborak ziyoratlarni tashkil etishda raqobat muhitini paydo qilish har tomonlama ma’quldir. Bu ziyoratchilarga erkin tanlov imkoniyatini berish bilan barobarida ziyorat harajatlari kamayishiga sabab bo‘ladi. Chunki, raqobat yo‘qligi bois muborak safarlarga borish o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun boshqa davlatlarga qaraganda ancha qimmatga tushayotgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter