«Haj – 2022» delegatsiyasi o‘z ishini boshladi
Kuni kecha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi «Haj – 2022» delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.
«Haj – 2022» delegatsiyasi Madina shahridagi yurtimiz ziyoratchilariga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan 5 yulduzli Crowne Plaza va Pullman Zamzam kabi eng zamonaviy mehmonxonlarni saralash maqsadida, ularni ko‘zdan kechirmoqdalar.
Qayd etilishicha, bu yil Madinai munavvara va Makkai mukarramada besh yulduzli va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy mehmonxonalar o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatadi.
Muftiy hazratlari ushbu mehmonxonalar Rasul alayhissalomning jomelari bo‘lmish – Masjidi Nabaviy va Harami sharif hisoblangan Baytullohga yaqin bo‘lishiga katta e’tibor qaratmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter