Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gurbanguli Berdimuhamedov muhim kun haqida iliq fikrlarini bildirdi

Gurbanguli Berdimuhamedov muhim kun haqida iliq fikrlarini bildirdi

Foto: «Spiegel.de»

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida 2021-yil 25-mayda — Ashxobodning 140 yilligi kuni munosabati bilan eng birinchi tug‘ilgan chaqaloqlarga qanday ism qo‘yilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Turkmenportal» xabar bermoqda.

«25-may kuni tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Paytagt yoki Ashxobod, qizga Merjen yoki Maya ismini berish ramziy ma’noga ega. Bu poytaxtga muhabbat, uning tarixiga hurmat, xalqning baxtli hayotidan faxrlanishni e’tirof etishning o‘ziga xos belgisi bo‘ladi», — deydi Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston televideniyesidagi «Vatan»yangiliklar dasturi efirida.

Turkmanchadan tarjima qilingan «Paytagt» so‘zi «poytaxt», «Merjen» esa «marvarid» degan ma’noni anglatadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga sovg‘alar berish, ushbu lahzalarni ularning oila a’zolari uchun unutilmas qilib o‘tkazish uchun rahbarlarga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring