G‘ozg‘on shahriga hokim, prokuror, IIB va DSI boshliqlari tayinlandi
Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar kengashining tashkiliy sessiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
G‘ozg‘on shahar hokimi etib Azim Doniqulovich Bozorov tayinlandi.
Shuningdek, Baxtiyor Normurodovich Isoqov G‘ozg‘on shahar prokurori, Azim Bahronovich Muhiddinov G‘ozg‘on shahar IIB boshlig‘i, Oybek Obloqulovich Jo‘raqulov G‘ozg‘on shahar DSI boshlig‘i lavozimlarida ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentyabr oyida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter