Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global isish inson miyasiga qanday ta’sir qiladi?

Global isish inson miyasiga qanday ta’sir qiladi?

Foto: «Esoreiter.ru»

Olimlar global isishning boshlanishi tufayli odamlarning tashqi ko‘rinishi qanday o‘zgarishini tasvirlab berishdi. Ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqot natijalari Misrning Sasapost nashri tomonidan e’lon qilindi.

Evolyusiya nazariyasiga ko‘ra, har qanday tirik tur o‘zgaruvchan tabiiy sharoitlarda omon qolishi uchun o‘zgarishi kerak bo‘ladi. Ayrim olimlarning fikricha, hozirgi global isish ham bundan mustasno emas.

«Dunyo iqlimining isishi hayvonlarni o‘zgartirishga majbur qilmoqda» nomli tadqiqot mualliflaridan biri biolog Sara Raydingning aytishicha, iqlim o‘zgarishi, shuningdek, global isish hayvonlarning moslashish bosqichini tezlashtirgan. U misol tariqasida avstraliyalik to‘tiqushlarning ayrim turlarida tumshug‘ining o‘lchami o‘zgarganligini misol qilib keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1871-yildan beri bu holat 10 foizga oshgan.

Biologlar, shuningdek, Yevropa sichqonlari va niqobli sichqonlardagi o‘zgarishlarni hujjatlashtirgan. Ularning oyoq-qo‘llari va tananing boshqa qismlari kattalashgan.

Olimlarning fikricha, issiqlik odamlarda teri, soch va ko‘zlarning rangi uchun «mas’ul» pigment – melanin ishlab chiqarishni oshiradi. Bu ko‘proq bo‘ladi, shuning uchun odamlarning ko‘rinishi vaqt o‘tishi bilan qorayib boradi.

Sasapost tomonidan keltirilgan Kembrij universiteti tadqiqotiga ko‘ra, iqlim inson tanasi va miyasining hajmini ham o‘zgartiradi. Butun dunyo bo‘ylab qazilma qoldiqlari tahliliga ko‘ra, inson tanasi va miyasining o‘rtacha hajmi oldindan doimiy ravishda o‘zgarib kelgan. Shunday qilib, sovuq iqlim inson miyasini kattalashtirdi, issiqlik, aksincha, ularni qisqartirdi.

Tadqiqotchilarning fikricha, hozirgi global isish tufayli inson tanasi va miyasi yana kichiklashadi. Kembrij, shuningdek, odamlar kelajakda xotira va nutq, o‘rganish qiyinchiliklari va umuman, miya qon aylanishining pasayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi haqida taxminlar qilmoqda.

Avvalroq, olimlar global isishning dahshatli oqibatlaridan ogohlantirgani haqida xabar bergan edik.

Haroratning ko‘tarilishi kuchli qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari, bo‘ronlar va suv toshqinlariga olib keladi. Issiq havo ko‘proq qishloq xo‘jaligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi va odamlar uchun o‘lim xavfi yanada ortishiga olib kelishi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring