Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yilgi fevral oyi so‘nggi bir necha yuz yillikdagi eng issig‘i bo‘ldi

Bu yilgi fevral oyi so‘nggi bir necha yuz yillikdagi eng issig‘i bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining iqlim monitoringi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan fevral oyi bir necha yuz yil ichida eng issig‘i bo‘lgan. Olimlar haroratning rekord darajada oshishi jiddiy global oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Yevropa Ittifoqining iqlim monitoringi bo‘yicha olimlari o‘tgan fevral oyidagi harorat sanoatdan oldingi davrda xuddi shu oydagi o‘rtacha haroratdan deyarli ikki darajaga yuqori bo‘lganini aniqladi, deb yozadi CNN.

Bu global isish tufayli tabiiy iqlim o‘zgarishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

«Fevral oyi uzoq rekordlar qatoriga qo‘shildi. Bu, albatta, ajablanarli emas — iqlim tizimining doimiy isishi muqarrar va yangi ekstremal haroratlarga olib keladi», dedi Copernicus direktori Karlo Buontempo.

Jahon okeanining harorati ham sezilarli darajada oshgan. O‘tgan oyda harorat 21,06 daraja edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi rekordni yangiladi. 2023 yil avgust oyida termometr 20,98 darajani ko‘rsatgandi.

Olimlarning ogohlantirishicha, okeanlar haroratining rekord darajada oshishi jiddiy global oqibatlarga olib keladi. Bu nafaqat dengiz hayoti uchun xavfli, balki ekstremal ob-havo hodisalariga, jumladan sunami, kuchli yog‘ingarchilik va halokatli bo‘ronlarga ham sabab bo‘ladi.

Copernicus olimlarining ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlar dunyo hamjamiyatini atmosferaga zararli moddalar chiqindilarini kamaytirish zarurligi haqida o‘ylashga majbur qilishi kerak.

Avvalroq Serbiya, Ispaniya, Portugaliya, Sloveniya va boshqa mamlakatlardan kelgan xalqaro olimlar guruhi global isish Yerdagi eng katta ichimlik suvi zahiralariga tahdid solayotganini aniqlashgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring