General-mayor Ravshan Haydarov yangi lavozimga tayinlandi
General-mayor Haydarov Ravshan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Bunga qadar u Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shu munosabat bilan general-polkovnik Qobul Berdiyev FVV akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Qobul Berdiyev o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Qurolli kuchlari akademiyasi rahbari lavozimlarida ham ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter