Fazliddin Bahromov poytaxt transport boshqarmasi rahbari bo‘ldi
Fazliddin Bahromov Toshkent shahar transport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
1991-yilda tug‘ilgan F.Baxromov tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi «Delivery Unit» loyiha ofisi mutaxassisi lavozimida hamda Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparatida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, boshqarmaning avvalgi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga nisbatan DXX tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi. U bilan birga besh nafar transport sohasi mansabdorlari ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter