Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonobodlik fuqaro to‘yiga 250 nafar mehmon chaqirgani aniqlandi

Dehqonobodlik fuqaro to‘yiga 250 nafar mehmon chaqirgani aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi ayrim fuqarolar to‘y o‘tkazish tartibini buzgani aniqlangan. Mazkur hududdagi 9 ta to‘y egasi va 1 nafar to‘yxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 moddasi 2 qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi. 

Shuningdek, ushbu tuman IIB mas’uli Dilshod Mirzayevning ta’kidlashicha, Dehqonobodning Oqirtma qishlog‘idagi xonadon egasi to‘yiga 250 nafar mehmon chaqirgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan karantin tartibi yengillashtirilgach, 30 kishigacha mehmon taklif qilib, to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring