Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davron Hidoyatov lavozimidan ozod qilindi

Davron Hidoyatov lavozimidan ozod qilindi

Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

U bu lavozimda 2021-yilning yanvaridan buyon ishlayotgandi. Yaqinda uning farmoyishi bilan Nurafshon shahrida katta miqdordagi mablag‘ga haykal majmuasi va kutubxona binosi qurilishi jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Toshkent viloyatining yangi hokimi etib esa bugun Qashqadaryodan ishdan ketgan Zoyir Mirzayev tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murod Azimov Qashqadaryo viloyatiga rahbar etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring