Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet davlatlar harbiy kuchlariga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Chet davlatlar harbiy kuchlariga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali eslatib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida yollanish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ikkita modda doirasida javobgarlik belgilangan.

Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib harbiy harakatlarda qatnashishi besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, ushbu moddada yollanma shaxsni o‘qitish yoki moddiy ta’minot berish uchun ham javobgarlik mavjud.

Kodeksning 154-1-moddasida esa, xorijiy davlatlarning harbiylashgan organlariga xizmatga kirish uchun javobgarlik belgilangan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring