Shifokor ogohlantiradi: bu mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilmang
Diyetolog Lyudmila Mikityuk har kuni iste’mol qilish kerak bo‘lmagan oziq-ovqatlarni sanab o‘tdi, deb yozadi Life nashri.
Mutaxassisning fikricha, birinchi navbatda tunets balig‘i kunlik ratsiondan chiqarib tashlanishi kerak. Buning sababi, bu baliq simob moddasini to‘plashga qodir. Bundan tashqari, Mikityuk qizil go‘shtni har kuni iste’mol qilishdan ogohlantirdi, chunki organizm uni hazm qilish uchun juda ko‘p energiya sarflaydi.
Apelsin va bu mevadan tayyorlangan sharbatlar ham kundalik iste’mol uchun nomaqbul mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
«O‘ziga xos ta’mi tufayli apelsinlar me’da shirasining kislotaliligini oshirishga qodir. Bu gastrit, oshqozon yarasi, ichak muammosi bo‘lgan odamlarga apelsindan voz kechish uchun jiddiy sababdir», — deya tushuntirdi diyetolog.
Bundan tashqari, apelsinlar allergiya keltirib chiqaradigan mahsulotlar qatoriga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter