Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda texnik reglament talabiga nomuvofiq mahsulotlar aniqlandi

Toshkentda texnik reglament talabiga nomuvofiq mahsulotlar aniqlandi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi nazorat Inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi Toshkent shahrida tamg‘alanishi bo‘yicha texnik reglament talabiga nomuvofiq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi.

Inspeksiyaning Toshkent shahar bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hududiga oziq-ovqat mahsulotlari import qiluvchi «U. U» MChJ da nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Natijada «Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorining (UzTR.490-022:2017) tegishli bandlariga nomuvofiqligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq ushbu korxonaga 268 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha talabnoma kiritildi.

Nomuvofiqligi aniqlangan mahsulotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan yozma ko‘rsatma berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring