Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar Ombdusmani Kitobdagi mehribonlik uyi sharoitini tanqid qildi

Bolalar Ombdusmani Kitobdagi mehribonlik uyi sharoitini tanqid qildi

Foto: Bolalar Ombdusmani

Bola huquqlari bo‘yicha vakil joriy yilning 12-15-aprel kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Bolalar uyi va Mehribonlik uylarida yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, sog‘lomlashtirish, sog‘lom ovqatlantirish holatlari, bolalarni oilalarga qaytarish jarayoni, muassasa bitiruvchilarining bandligi, jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati, muammo va takliflarni o‘rgandi.

O‘rganishlar Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan 5-Mehribonlik uyida davom ettirildi. O‘rganish kuni muassasada 65 nafar (qizlar 28 nafar) tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ularning 15 nafarini chin yetimlar tashkil etadi.

Tibbiyot xonasi, stomotolog xonasi, bemorlarning alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali bo‘lib, zahkash.

Bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun yetarli sharoitlar mavjud emas. Mebellar eski.

Sog‘lom ovqatlantirish holatlarini o‘rganish davomida Bola huquqlari bo‘yicha vakil e’tiborini tarbiyalanuvchilarning birinchi ovqatni umuman yemasdan chiqqanliklari va deyarli ikkinchi ovqatni ham yemaganliklari diqqatini tortdi. Birinchi ovqatga karam sho‘rvasi qilingan bo‘lib, u o‘ta yog‘li va o‘ziga xos hidi bor edi.

Bolalarga tushlikda sharbatlar berilmagan. Holat yuzasidan mahsulotlar sifatini ko‘rish uchun oziq-ovqat omboriga tashrif buyurilganda mahsulotlar sifati bo‘zilganligi karam, rediska, kartoshka va noklarning chirib qolganligi, go‘sht rangining o‘zgarganligi, ko‘plab yog‘lari borligi, go‘sht mahsulotlarini tortib ko‘rish so‘ralganda tarozi yo‘qligi, oshxonaning sanitariya holati yaxshi emasligi, idishlar yetishmasligi, bolalarga alyumen krujkalarda choy berilayotganligi krujkalarning ushlashga quloqlari yo‘qligi, bu esa bolalar sog‘ligi uchun xavfliligi va bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Holatni chuqur o‘rganish uchun tuman prokuraturasidan vakil chaqirildi. Va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga majburiy ko‘rsatmalar berildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring