Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz 16 million so‘m foyda ko‘rar ekanmiz» – Koson hokimi odam o‘limiga sababchi bo‘lgan xizmat avtomobilini yangilayotganiga izoh berdi

«Biz 16 million so‘m foyda ko‘rar ekanmiz» – Koson hokimi odam o‘limiga sababchi bo‘lgan xizmat avtomobilini yangilayotganiga izoh berdi

Foto: «Daryo»

Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev odam o‘limiga sababchi bo‘lgan Captiva rusumli 70 027 KAA xizmat avtomobilini nima uchun yangilayotganiga izoh berdi, deya xabar qildi «Daryo».

Ma’lum qilinishicha, Koson tumani hokimligi hokim xizmat avtomobili bilan bog‘liq YTHga aniqlik kiritish va tumanda bo‘layotgan yangiliklardan jurnalist va blogerlarni xabardor qilish maqsadida 7 fevral kuni press-tur tashkil qilgan.

Ta’kidlanishicha, press-tur yakunida hokim Asrol Boyqarayev jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan.

Xususan, hokim «Nega yana yangi avtomobil sotib olishga qaror qildingiz? YTHdan zarar ko‘rgan avtomobilingizni ta’mirlash kam xarajat bo‘lmasmidi?», degan savolga javoban «YTHdan zararlangan xizmat avtomobilimizni ta’mirlash biz uchun yangi sotib olinadigan avtomobildan qimmatga tushar ekan», dedi.

«YTHdan zararlangan avtomobilimizni ta’mirlasak, bu avtomobil bizga 276 million so‘mga tushar ekan. Shuning uchun mashinani 220 million so‘mga sotib, ustiga 40 million so‘m qo‘shib, hokimiyatga yangi avtomobil sotib olishga qaror qildik. Shunda biz 16 million so‘m foyda ko‘rar ekanmiz. Shuningdek, davlatga hech qanday zararimiz tegmaydi», — degan tuman hokimi Asrol Boyqarayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koson hokimi odam o‘limiga sababchi bo‘lgan xizmat avtomobilini almashtirishga qaror qilgani, shu bois hokimlik 2021 yilning 1 fevral kuni Captiva rusumli xizmat mashinasini Trade-in tartibida xarid qilish uchun 260 million so‘mlik shartnoma imzolagani haqida xabar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring