Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kosontumangaz»dagi hangomalar: «osmondan tushgan» 125 million so‘m

«Kosontumangaz»dagi hangomalar: «osmondan tushgan» 125 million so‘m

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyatining Koson tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman gaz idorasining qing‘irliklari sabab iste’molchilarning huquqlari buzilayotganligiga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda, deyiladi federatsiya xabarida.

Xususan, joriy yilning yanvar oyida tabiiy gaz ta’minoti sohasidagi qonunbuzilish holatlariga oid 17 ta murojaat bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi. Sudlar tomonidan iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab kiritilgan da’vo talablari qanoatlantirilib, gaz idorasi zimmasiga jami 125 million so‘mdan ortiq noqonuniy qarzdorliklarni iste’molchilarning hisobidan chiqarish va bekor qilish majburiyati yuklatildi.

Jumladan, fuqaro Husniddin Avezov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, «Kosontumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan foydalanilgan gaz sarfidan ortiqcha 4 million 798 ming so‘m noqonuniy qarzdorlik hisoblanayotganligi ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat o‘rganilganda, iste’molchi H. Avezov tomonidan tabiiy gaz to‘lovlari hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha amalga oshirilib kelinganligi, biroq shunga qaramasdan gaz ta’minoti bo‘limi unga nisbatan ortiqcha qarzdorlik hisoblaganligi aniqlangan. Murojaatni o‘rganish natijasi bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilib, sud tomonidan asossiz qarzdorlikni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, fuqaro Shoira Nazarovaning tuman jamiyatiga qilgan murojaati rganilganda, unga nisbatan tuman gaz idorasi tomonidan 2 million 634 ming so‘m noqonuniy qarzdorlik hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur qarzdorlik iste’molchi xonadoniga o‘rnatilgan hisoblagich ko‘rsatgichlarini oshirib ko‘rsatish oqibatida kelib chiqqan. Holat bo‘yicha sudga kiritilgan da’vo arizasi qonoatlantirilgan va i

Bundan tashqari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan fuqarolar Tuyg‘un Ravshanovga nisbatan 3 million 362 ming so‘m, Shuhrat Shamsiyevga nisbatan 4 million so‘m, Rajab Abruyevga nisbatan 1 million 656 ming so‘m, Ashur Xidirovga nisbatan 2 million 663 ming so‘mlik noqonuniy hisoblangan qarzdorliklar tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan kiritilgan da’vo arizalariga muvofiq sud tomonidan bekor qilinishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring