Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturaga Koson hokimi ustidan shikoyat yo‘llandi

Bosh prokuraturaga Koson hokimi ustidan shikoyat yo‘llandi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayevning majlisda ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani holati bo‘yicha Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

Kengash raisi o‘rinbosari Zafar Mustafaqulovning Bosh prokuraturaga yo‘llagan murojaat xatida Konstitutsiyaning 31-moddasi hamda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasi eslab o‘tilgan hamda mamlakatimizda referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan siyosiy jarayonlar paytida Koson tumani hokimining xatti-harakatlari jamiyatning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

Shularni inobatga olib, hokimning xatti-harakatlari yuzasidan prokuror nazorati hujjati qo‘llash masalasini ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘zi chaqirgan majlisda ro‘zadorlarni ro‘zasini ochishga majburlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring