Bi-bi-si O‘zbek xizmati va O‘zbekiston EOAVMA o‘rtasida memorandum imzolandi
Toshkentda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan xalqaro forum doirasida Bi-bi-si O‘zbek xizmati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) o‘rtasida o‘zaro anglashuv-hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Bi-bi-si O‘zbek xizmati xabar berdi.
Memorandumdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda media hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar bo‘yicha muntazam axborot (video) almashish bo‘yicha qadam-baqadam faoliyatni shakllantirish ekani aytiladi.
Memorandumni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) raisi Firdavs Abduholiqov va Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati muharriri Xayrullo Fayz imzolashgan.
O‘tgan bir necha oy mobaynida Bi-bi-si O‘zbek xizmati jurnalistlari tayyorlagan lavhalar deyarli har hafta O‘zbekistonning «Sevimli» kanalida efirga uzatilmoqda.
Shuningdek, xabarda ayni paytda O‘zbekistondagi qator yetakchi onlayn nashrlar bilan ham hamkorlikka doir kelishuvlar ustida ishlar boshlangani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter