Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bashkent TJM noyob aksiyani e’lon qiladi: ta’mirlangan bir xonali xonadonlar – 18 ming dollardan

Bashkent TJM noyob aksiyani e’lon qiladi: ta’mirlangan bir xonali xonadonlar – 18 ming dollardan

Bashkent turar joy majmuasining sotuvlar ofisi ochilgan sanadan boshlab besh kun davomida 100 foizlik to‘lovda bir, ikki yoki uch xonali xonadonlarni chegirma bilan sotib olish mumkin.

Bashkent ko‘pfunksionalli turar joy majmuasi 22-fevraldan 26-fevralgacha tayyor ta’mirdan chiqqan xonadonni 100 foizli to‘lovda 30% chegirma bilan xarid qilish imkonini hadya etadi. Shunda bir xonali xonadon 17 960 AQSh dollaridan boshlanadi.

22-fevral — faqat ochilish kuni, ko‘chmas mulk xarid qilishni istaganlar bir, ikki yoki uch xonali xonadonni 10 foizli birlamchi badal bilan muddatli to‘lov asosida xarid qilishlari mumkin. 50% miqdorida birlamchi badal to‘laganlar uchun 20% chegirma mavjud, 26-fevralgacha shartnoma tuzgan mehmonlar o‘rtasida esa, ko‘plab qimmatli sovg‘alar o‘ynaladi. Aksiya shartlari haqida maqola yakunida tanishing.

Loyiha haqida

Bashkent TJM — komfort toifasidagi zamonaviy turar joy loyihasi, sershovqin megapolisdagi haqiqiy osudalik orolchasidir. 16 qavatli uylar 20 gektarli keng hududda joylashgan. Hududda maktab, ikkita bolalar bog‘chasi, o‘quv markazlari, tibbiyot klinikasi va 6 gektar maydonda esa obodonlashtirilgan yashil makon barpo etiladi.

Birinchi bosqich 2026-yil birinchi choragida topshirilishi ko‘zda tutilgan. Maydoni 28 kv.m.dan 80 kv.m.gacha bo‘lgan 1 (bir), 2 (ikki) va 3 (uch) xonali ta’mirlangan hamyonbop xonadonlarning keng tanlovi sotuvga qo‘yilgan. Bashkent TJM planirovka yechimlari har bir xaridorga mos keladi. Ayniqsa, ular ijaraga berish yoki keyinchalik sotish uchun «investitsiyaviy ko‘chmas mulk» sifatida foydalidir.

Ko‘pfunksiyali turar joy majmuasi ekologik tozalik va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtiradi, bu yerda barcha narsa har bir yashovchi qulayligi va xavfsizligi uchun yaratilgan. Majmua hududi – kunu tun videokuzatuv ostida bo‘lgan, qo‘riqlanadigan hududdir. Yashil hududlarga va bolalar maydonchalariga ega ichki hovlilar ochiq havoda dam olish va faol vaqt o‘tkazish uchun ajoyib joy bo‘ladi.

TJM hududida quyidagilar joy oladi:

  • spa-salon;
  • do‘konlar va kafe;
  • kinoteatr;
  • bolalar uchun o‘yin hududlari;
  • erkaklar va ayollarga alohida fitnes-klub;
  • veloyo‘lkali xiyobon;
  • yerosti parkingi;
  • avtoyuvish va avtoservis;
  • tijorat hududlari.

Texnik qo‘llab-quvvatlashning professional jamoasi yashovchilarning TJM hududidagi har qanday masalalarini hal qilishga doim tayyor.

Xavfsizlik va qulaylik

Binolarni loyihalashtirishda xavfsizlikka katta e’tibor berildi. Majmua hududining o‘zida beton ishlab chiqarilishi qurilishning har bir bosqichida sifatni nazorat qilish imkonini beradi.

Majmua hududida quvvati 2500 kV bo‘lgan alohida zaxira transformator tubstansiyasi barpo etiladi. U yoritish, suv ta’minoti va liftlarning 8 soatgacha uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Barcha binolar yuqori darajada zilzilabardosh qilib loyihalashtirilgan va 8 balgacha yer qimirlashiga bardoshli qilib ishlangan.

Loyiha, konstruktorlik va texnologik intizomga rioya etilishi ustidan nazoratni turkiyalik bosh muhandis, 20 yildan ziyod tajribaga ega Mehmet Aldemir amalga oshiradi. Texnik nazorat funksiyasi tegishli Rossiya diplomlariga va tarmoqda 10 yildan ortiq stajga ega professionallarga yuklatilgan. Loyiha barcha ruxsat beruvchi hujjatlarga, jumladan GASN, GOST laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ega.

Qurilish jahon standartlariga asosan bormoqda. Bashkent TJMda eng yuqori sifatli, zamonaviy va xavfsiz materiallar qo‘llaniladi. Masalan, namdan saqlovchi qoplamali ko‘p qatlamli fasad keskin iqlim sharoitlariga mo‘ljallangan va hech bir zararsiz yomg‘irlarga, -30°S gacha sovuq va +45°S dan yuqori jaziramaga bardosh beradi. Samsung ikki konturli eko-qozonlar har bir xonadonda qulaylik va shinamlikni ta’minlaydi va energiya samaradorligi tufayli resurslar iste’moli va isitishga xarajatlarni qisqartiradi. Shamol yuklamasi jahon stanadartlariga muvofiq keluvchi THERMO 7000 premium oynalari issiqlik yo‘qotishlaridan himoyalaydi, shovqindan va namdan ihotani ta’minlaydi.

Sotuvlar ofisi ochilishiga aksiya

22 fevral kuni soat 13:00 da Bashkent TJM sotuvlar ofisining tantanali ochilishi o‘tkaziladi. Kompaniya barchani tadbirga taklif etadi, bu yerda xonadonlarni xarid qilish uchun eksklyuziv shartlar va ochilish tadbiri mehmonlari uchun maxsus tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar kutadi.

Tadbirning barcha mehmonlari uchun maxsus narx amal qiladi – 100 foizli oldindan to‘lashda 1 kv.m uchun 8,4 mln so‘mdan boshlab!

Shuningdek:

  • 22-fevraldan 26-fevralgacha 100% oldindan to‘lov qilgan xaridorlar uchun 30% chegirma;
  • Ushbu muddatda birlamchi to‘lovning 50%ini to‘lagan xaridorlar uchun 20% chegirma;
  • Faqat ochilish kuni xonadon sotib olishni istaganlar uchun 10% li birlamchi badal bilan muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoni taqdim etiladi;
  • 5 kun – 22-fevraldan 26-fevralga qadar shartnoma tuzgan xaridorlar o‘rtasida sovg‘alar o‘ynaladi. Sovg‘a fondida umraga yo‘llanma (5 ta ikki kishilik yo‘llanma), BYD Seagull avtomobili, 10 donadan sovitkich va kir yuvish mashinalari, maishiy texnika va boshqa sovg‘alar mavjud.

Sotuvlar ofisi ochilishi va eksklyuziv aksiyalar haqida batafsil:

Telefon: +998 78 148 55 55

Instagram: bashkent.tjm

Telegram: @bashkent_tjm

Sayt: https://bashkent.uz/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring