Barcha gripp viruslariga qarshi kuchli vaksina yaratildi
Nyu-Yorkdagi Maunt-Sinay shifoxonasi tadqiqotchilari dunyodagi birinchi universal vaksinaning dastlabki klinik sinovlari natijalarini taqdim etdilar. Ushbu vaksina gripp virusining barcha turlariga qarshi ta’sir o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Olimlarning xulosalari Nature Medicine jurnalida chop etilgan.
Yangi vaksina ximera gemagglyutinini (HA)ga asoslangan va har yilgi qayta emlashlarga ehtiyoj qoldirmasligi mumkin.
Ushbu vaksina virusning mutatsiyalarga kam uchraydigan qismiga ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan uning turli shtammlarini zararsizlantiradi.
Klinik sinovlarning birinchi bosqichida vaksinaning xavfsizligi va immunogenligini AQShdagi 65 nafar ko‘ngillida sinab ko‘rildi. Ma’lum bo‘lishicha, u kamida 18 oy davom etadigan kuchli immunitet hosil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter