Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat atmosfera havosini muhofaza qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi

Hukumat atmosfera havosini muhofaza qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi

Foto:«Xabar.uz»

«Atmosfera havosini muhofaza qilish qilish to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan Hukumatning hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Unga muvofiq, Hukumat atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlaydi.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarish normativlari Hukumat tomonidan belgilanadigan bo‘ldi. Ilgari bu normativlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan.

Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning normativlarini buzish bilan bog‘liq faoliyat endilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Ilgari bu cheklovlar faqat hokimliklar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.

Endilikda, ozonni buzuvchi moddalarning importi va eksporti ekologiya organlari ruxsatnomalari asosidagina amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring