Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilishlarda atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Qurilishlarda atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Ekologik vaziyatni yaxshilash, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, qurilish tashkilotlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun qurilish tashkilotlari mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash taklif etilmoqda.

Ushbu harakatni sodir etganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, huquqbuzarlik jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima belgilash taklif etilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring