AQSh elchixonasi va YXHT vakili Ortiqxo‘jayevning tahdidini qoraladi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidini qoraladi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari so‘z va izoh erkinligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va erkin jamiyatda bu narsalar katta ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Biz jurnalist va blogerlarga qilinayotgan tahdidlarni qoralaymiz», — deyiladi AQSh elchxonasi munosabatida.
«O‘zbekistonda yuqori mansabli shaxsning «Kun.uz» jurnalistlariga tahdididan xavotirdaman. Bu vaziyat bo‘yicha Bosh prokuraturaning tezkor munosabatini olqishlayman va batafsil o‘rganish olib borilishiga va jurnalistlarning xavfsizligi ta’minlanishiga umid qilaman», — deb yozgan Arlem Dezir o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot ham barchaning diqqat-e’tibori tushgan masalaga o‘z munosabatini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter