Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda velosipedlar uchun rangli yo‘laklar barpo etilmoqda

Andijonda velosipedlar uchun rangli yo‘laklar barpo etilmoqda

Foto: «Uza.uz»

Andijon shahrining qator hududlarida velosipedlar uchun maxsus yo‘lakchalar barpo etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Har bir hududning qiyofasiga ko‘rk bag‘ishlovchi jihat o‘sha go‘shaning yo‘llari, infratuzilmasi hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo‘llar qurish, mavjud yo‘llarni ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, viloyat hokimining tashabbusi bilan Andijon shahrining 1- va 2- kichik dahalarida velosipedlar yurishi uchun yashil va qizil yo‘lakchalar barpo etilayotganligi aholiga yanada keng qulayliklar yaratadi.

Velosipedlar uchun yo‘lakcha qurilishi, eng avvalo, avtomobillar qatnovi uchun noqulaylik tug‘dirmaydi. Bu esa nafaqat yo‘l harakati xavfsizligi, balki ekologik musaffolik ta’minlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda Andijon shahri birinchi kichik dahasida 1 ming 650 metr qizil rangdagi velo yo‘lakchalari qurib bitkazilgan bo‘lsa, shaharning ikkinchi kichik dahasida 1 ming 190 metr yashil rangdagi velo yo‘laklarni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Ayniqsa, ertalab ishga borish va ishdan qaytish paytlarida shaharning asosiy yo‘llarida tirbandliklar yuzaga keladi. Shu bois, ishga velosipedda borib-kelishni ma’qul topaman. Bu eng avvalo, xavfsiz, qolaversa, salomatligim uchun juda foydali. Shahrimizda velosipedlar uchun maxsus yo‘lakchalar barpo etilayotganligidan juda xursand bo‘ldim», — deydi Andijon shahrida yashovchi A’zamjon Qodirov.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, Andijon shahrining uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi kichik dahalarida ham velosiped yo‘laklari o‘ziga xos ranglarda bunyod etilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring