Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon. Shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon. Shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokoriga tajovuz qilindi.  Tajovuz qilgan shaxs shu joyda davolanayotgan bemor  ayolning o‘g‘li ekani aytilmoqda. Uning bunday xatti-harakati onasining muolajasi bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli katta.

Shifokorga nisbatan tajovuz  sodir etilganini Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ham tasdiqladi. Unga ko‘ra, 21-avgust kuni soat 12-00larda fuqaro  A.F.  Andijon viloyati kup tarmokli tibbiy markazining bo‘lim mudiri Sh.B. xonasiga kirib, uni bo‘g‘ib, qo‘llarini bog‘lab, o‘ldirish bilan  qo‘rqitadi. Shuningdek, o‘zi bilan olib kirgan 1 dona 1,5 litr hajmdagi yelim idishda bo‘lgan tez yonuvchi benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, atrofdagilarga xavfli usulda qasddan mulkka shikast yetkazmoqchi bo‘lganda bo‘limning boshqa shifokorlari tomonidan to‘xtatib  qolingani natijasida  harakatlarini oxiriga yetkaza olmaydi.

 Mazkur holat yuzasidan 22.08.2019 yil kuni Andijon shaxar IIB TB tomonidan JK 112-moddasi 1-kismi va 25, 173-moddasi 2-kismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring