Alisher Sa’dullayev agentlik direktori etib tayinlandi
Prezident qarori (PQ-4780-son, 10.07.2020-y.) bilan Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan, Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi (PF-6023-son,10.07.2020-y.).
Eslatib o‘tamiz, Agentlik Prezidentning 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter