Toshkentda «Adolat»chilar adolat istab namoyishga chiqdi (foto)
O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi Chilonzor tumani Milliy stadion xududida «Biz adolat tarafdorimiz!» shiori ostida miting o‘tkazildi.
Mitingda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlari deputatlari hamda nomzodlar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar va partiya xodimlari ishtirok etishdi.
Jamiyatimizda adolatni o‘rnatish, fuqarolar manfatlarini, ularning haq-huquqlarini poymol etilishining oldini olishga qaratilgan. Mitingda partiya faollari tomonidan, partiya saylovoldi dasturidan o‘rin olgan, jamiyatda mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish orqali jamiyatda adolatni o‘rnatish kabi fikr-mulohazalar ilgari surildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan partiya Toshkent shahar Kengashi faollari hamda partiya Toshkent shahar Kengashi raisi B.Valiyev barcha qatnashchilarni birlikka, bir yoqadan bosh chiqarshga chaqirdi.
Partiyaning namoyishi orqali, fuqarolarga faollar tomonidan saylovoldi dastur sodda tilda tushuntirildi. Jumladan, adolatli jamiyatni barpo etish, unda haqiqat va qonunlar ustuvorligini ta’minlash kabi masalalar o‘rin olgan.
Partiya tomonidan ta’lim sohasida ham studentlarni qiynayotgan stipendiya va kontrakt narxlarida adolat o‘rnatish, studentalarning turarjoy muammolarini hal etishga qator chora-tadbirlarni rejalashtirgan. Shuningdek, partiya saylovoldi dasturida sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalarinig aylanmasiga qarshi kurashish, fuqarolarimizning salomatligiga jiddiy yondashish kabi masalalar birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Shu kabi saylovoldi dasturlarimiz orqali fuqarolarning muammolarini hal etish maqsad qilib qo‘yilgan.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikrlar jarayonni maqbullashtirish, 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim tomonidan kontrakt narxlari va stipendiyalarni meyoriga qo‘yishga va kvotalar tizimida eng katta qadamlardan biri bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter