Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abu Saxiy bozorida qurilgan masjid ishga tushdimi?

Abu Saxiy bozorida qurilgan masjid ishga tushdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon oyi arafasida Abu Saxiy bozori hududida qurilgan yangi masjid ochildi, degan xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida Abu Saxiy bozori ma’muriyati bilan bog‘landik.

Bozor matbuot xizmatining Xabar.uz saytiga bildirishicha, bu tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Abu Saxiy bozori hududida 3 ming nafar o‘ringa mo‘ljallab barpo etilgan masjid qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangan. Faqat diniy qo‘mitadan ruxsatnoma olinishi kutilmoqda. Hujjat ishlari yakunlanib qoldi. Tegishli joylardan ruxsatnoma berilgandan so‘ng masjid o‘z ishini boshlaydi», dedi Abu Saxiy bozor matbuot xizmati vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring