Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21-avgustdagi hasharda qancha yurtdoshimiz qatnashishi ochiqlandi

21-avgustdagi hasharda qancha yurtdoshimiz qatnashishi ochiqlandi

AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda «Mahalla» xayriya jamoat fondi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Mahallalarni obodonlashtirish» oyligi hamda 21-avgust – umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 21-avgustda tashkil etiladigan umumxalq xayriya hasharida 8 milliondan ziyod yurtdoshlarimizning qatnashishi kutilmoqda.

21 ming gektardan ortiq yer maydonlari obodonlashtiriladi, qariyb 14 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanadi. 8 mingdan ziyod qabristonlar, mingga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirilib, salkam 6 millionta daraxtga shakl berilib, oqlanadi.

Bu safargi xayriya hasharida kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, hashar doirasida 5 mingdan ziyod yurtdoshlarimizning xonadonlari ta’mirlab beriladi.

Buning uchun 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 6 mingdan ziyod ehtiyojmand, 2 mingga yaqin nogiron va yolg‘iz qariyalarga qariyb 800 million so‘mlik moddiy yordamlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring