16 nafar hokimning lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
O‘tgan yili hududlarda 2 mingta ko‘p qavatli uy-joy qurib, aholiga topshirish bo‘yicha olingan reja to‘liq bajarilmay qolgani, ya’ni 124 ta uy-joy qurilishi yakunlanmagani, qurilgan uylardan 450 tasi haligacha foydalanishga topshirilmagani qayd etildi.
Bundan tashqari, uy-joyga talab yuqori bo‘lsa-da 2023 yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagan, tuman hokimlari reja ham qilmagani tanqid qilindi.
Bosh vazirga ushbu Nukus, Qorovulbozor, Navbahor, Kosonsoy, Nurobod, Oltinsoy, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Oqoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Xovos, Piskent, Qo‘shtepa, Bog‘dod tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter